13:50 / 14.08.2016
9566

Olimlar: AQSh YaIMni ko‘tarishda Xitoydan andoza olishi kerak

© AP

Amerikalik iqtisodchilarning tadqiqoti haqida Quartz nashri xabar qildi. 

Olimlar mamlakat YaIMning pasayishi sababini aholining yoshi o‘tib borishi va ishsizlikning o‘sishi tufayli mehnat resurslarining qisqarishida ko‘rishmoqda. YaIM avval ishchilarning ta'lim olish sifatini ko‘tarish va buning natijasidagi mehnat samaradorligini oshirish hisobiga o‘sgan bo‘lsa, hozirda bu mexanizm o‘zini oqlamaydi. 

Tadqiqot mualliflarining aytishilaricha, bugungi kunda iqtisodiy o‘sishni uch asosiy omil ta'minlamoqda: kapital, mehnat resurslari va texnologiyalar. YaIMning o‘sishi bir vaqtning o‘zida barcha omillarni ma'lum bir darajagacha rag‘batlantirishga bog‘liq.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Amerika iqtisodiyotida malakali inson resurslari yetarli, biroq savodsiz hamda ishsizlar ko‘p. Ularning fikricha, malakasiz xodimlarni ish bilan ta'minlaydigan yangi bozorlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni rag‘batlandi. Bu jarayonda eng muhim omil - kapitaldan to‘g‘ri foydalanish.

Ikkinchi jahon urushidan keyin aynan ta'lim darajasini rag‘batlantirish mamlakat YaIMni o‘sishini ta'minlagan. Iqtisodchilarning fikricha, bunday yo‘l hozirgi paytda o‘z samarasini bermaydi, mamlakat bu borada past malakali mehnat resurslarini imkon qadar iqtisodiyotga ko‘proq safarbar etgan Xitoydan andoza olishi kerak. 
 

Top