21:48 / 14.08.2016
15513

Rio-2016. Fazliddin G‘oibnazarov chorak finalga chiqdi

64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston vakili Fazliddin G‘oipnazarov nimchorak bosqichda Hindiston vakili Manoj Kumarga qarshi ringga chiqdi.

G‘oipnazarov jang davomida 29 yoshli raqibi ustidan to‘liq ustunlik qildi, hatto ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi va hisob ochildi.

Uchinchi raundda ham hakamlar o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasini qayd etishdi va yakuniy natijalarga (30:27, 30:27, 30:27) ko‘ra u chorak finalga yo‘l oldi.

G‘oipnazarov o‘zining chorak finaldagi jangini 16 avgust kuni o‘tkazadi. Unga amerikalik Gari Rassel raqiblik qiladi.

Top