19:17 / 14.08.2016
8683

Rio-2016, yunon-rum kurashi. Dilshod Turdiyev ilk bahsdayoq yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi vakili Dilshod Turdiyev Rio—2016 Olimpiadasidagi ilk jangida serbiyalik Viktor Nemeshga qarshi gilamga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.

2:6 hisobidagi mag‘lubiyatga uchragan Dilshod Turdiyev chorak finalga chiqa olmadi.

Bundan avvalroq terma jamoaning boshqa bir a'zosi Elmurod Tasmurodov serbiyalik Kristiyan Frisni mag‘lub etib chorak finalga chiqqandi. U yarim final uchun bahsda shimoliy koreyalik Yun Von Chxolga qarshi gilamga chiqadi.

Top