11:27 / 14.08.2016
8089

Zlatan: «Pogba «MYu»ga men tufayli keldi»

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ma'lum qildiki, jamoaning boshqa bir yangi futbolchisi, yarim himoyachi Pol Pogba «qizil iblislar» jamoasi safiga uning futbolkalari sotuvidan tushgan pul evaziga keldi.

«Alal-oqibat mening futbolkalari uni qaytardi», — deya yozgan Ibrahimovich «Instagram»dagi sahifasida.

Ushbu tajribali futbolchi «PSJ» bilan shartnomasi muddati yakunlangach, «Manchester Yunayted»ga erkin agent maqomida keldi va 1 yillik shartnoma tuzdi. Uning yillik maoshi miqdori - 16 million yevroni tashkil etadi.

U xarid qilinganidan 1 oy o‘tib, uning nomi tushirilgan futbolkalardan jamoa 90 million yevro ishladi.

Pol Pogba esa 9 avgust kuni 105 million yevro evaziga «Yuventus»dan xarid qilindi.

Top