02:39 / 15.08.2016
31342

Hafta dayjesti: Islom Karimovning yangi matbuot kotibi, Riodan oltin, Nexia III sotuvi, Qrim “poroxi”, APL prognozi, Hojilar uchun yangilik

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda turli voqea-hodisalar ro‘y berdi. Ana shu xabarlardan eng saralari Kun.uz’ning haftalik dayjestida.


Yangi tayinlovlar

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning yangi matbuot kotibi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. Bundan tashqari, Majid Karimov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Qolaversa, Farhod Rizayev Toshkent davlat texnika universitetining yangi rektori sifatida ish boshladi.


Sankt Peterburgda muhim siyosiy uchrashuv

Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida muhim siyosiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an ikki davlat munosabatlarini yaxshilash va yangi darajaga ko‘tarish istagida ekanliklarini namoyish etishdi. ››› Batafsil.


Qrimdagi yangi voqealar

Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati tomonidan Qrim yarim orolida amalga oshirish rejalashtirilgan teraktning oldi olindi. Shundan so‘ng buning ortida kimlar turgani va boshqa dolzarb masalalar yuzaga chiqdi. ››› Batafsil.


Rio-2016: O‘zbekiston terma jamoasi natijasi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari hafta davomida uchta bronza (Rustam To‘laganov (boks), Rishod Sobirov (Dzyudo), Elmurat Tasmuradov (yunon-rum kurashi) va bitta oltin (Hasanboy Do‘stmatov (boks) medallarga ega bo‘lishdi. Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi 35-o‘rinda bormoqda. ››› Batafsil.

 

Olimpiadadan ilk oltin medal

Bugun Rio-Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqasida birinchi final bahsi o‘tkazildi. 14 avgust O‘zbekiston sporti tarixiga kiradigan kun bo‘ldi. ››› Batafsil.

 

“Paxtakor” xotirasi

11 avgust kunida millionlab o‘zbek futbol muxlislarining qalbi to‘ridan joy olib, samolarda qolgan “Paxtakor-79” yigitlarini yodga olmay ilojimiz yo‘q. ››› Batafsil.

 

Nexia III


O‘zbekistonda Nexia II avtomobillarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi. O‘zbekiston avtosalonlarida uchinchi avlod Nexia sotila boshlandi. ››› Batafsil.


Toshkent va Buxoro o‘rtasida tezkor poyezd

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Samarqand-Buxoro hududida tezkor elektropoyezdlar harakatini tashkillashtirish loyihasini amalga oshirish ishlarini tugallaydi. ››› Batafsil.

 

Angliya premer ligasi: Yangi nomlar va yangi maqsadlar

O‘tgan yilning yozida bildirilgan prognozlar o‘zini oqlamadi. Ko‘pchilik  «Lester»ni APLdan tushib ketishini taxmin qilgandi. Yakunda Vardi va «tulkilar» jamoasi futbolchilari shampanga cho‘milib chempionlikni nishonlashdi.

O‘tgan mavsumdan saboq chiqargan APL grandlari yangi mavsum arafasida transferlarga zo‘r berishdi. Katta maqsadlarga ega jamoalar kamida 4 nafardan saviyali futbolchilar bilan tarkiblarini to‘ldirishdi va to‘ldirishda davom etishmoqda. ››› Batafsil.


Hojilarga ajoyib sovg‘a

Saudiya Arabistoni hukumati haj va umra safarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan xorijliklar uchun viza olish narxini oshiradi, biroq shu bilan birga, bu amallarni bajarish uchun birinchi marta kelayotgan ziyoratchilarning vizani olishdagi xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni vazirlar mahkamasi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha chiqarilgan qarorda aytilgan. ››› Batafsil.

Top