12:00 / 15.08.2016
5013

AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi yonida yuz bergan portlashda jabrlanganlar bor

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Amerika elchixonasi oldida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida 3 kishi jabrlangan, deb xabar qilmoqda «Sinxua» axborot agentligi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston mudofaa vazirligi rahbar xodimlaridan birining mashinasiga joylangan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. 

Bundan avval, ushbu voqeada halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida ma'lumot yo‘qligi xabar qilingandi.

Top