08:03 / 15.08.2016
9816

Yamaykalik super chopag‘on Useyn Bolt 7 karra Olimpiya chempioni bo‘ldi

Foto: © RIA

Mashhur yamaykalik sprinter Useyn Bolt faoliyatidagi yettinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Yamaykalik sportchi 100 metrga yugurish musobaqasining finalida 9,81 soniyalik natija bilan g‘olib bo‘ldi hamda yarim finaldagi natijasini soniyaning 100 dan 5 ulushiga yaxshiladi.

Biroq ta'kidlanishicha, Bolt o‘zining avval qo‘lga kiritgan oltin medallarining biridan mahrum etilishi mumkin, chunki 2008 yilgi Olimpiadaning estafeta yugurishida oltin medalni qo‘lga kiritgan Yamayka terma jamoasi a'zolaridan birining doping-sinovi ijobiy natija bergan.

Top