17:34 / 15.08.2016
14366

G‘orda istiqomat qilayotgan mahalla

Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi Jondon qishlog‘i mamlakatning yuqori texnologiyali shahar va qishloqlaridan tubdan farq qiladi, deyish mumkin. Bu yerda istiqomat qilayotganlarning xitoylik ekani e'tiborga olinmasa, ular dunyo fabrikasi nomini olgan mamlakatning bir hududida yashayotganiga ishonish qiyin. 

Gap shundaki, qishloq dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan yirik g‘orda, ta'bir joiz bo‘lsa, ulkan tog‘ bag‘rida joylashgan. Bu yerda 100 nafarga yaqin inson kun kechiradi. Ular har hafta 15 kmlik masofani bosib bozorga borishga majbur bo‘lishadi. Avvalroq, bu yerda maktab ham faoliyat yuritgan, biroq hukumat 2011-yili uni yopishga ko‘rsatma bergan. Endilikda bolalar, yaqin oradagi maktabga borish uchun ikki soatlik yo‘l bosishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Top