10:52 / 15.08.2016
4847

Xakerlar AQSh mehmonxonlaridagi o‘n minglab to‘lov kartalari ma'lumotlarini o‘g‘irlashdi

Foto: Fotolia

Amerikaning HEI Hotels & Resorts tarmog‘idagi 20ta mehmonxonada o‘n minglab to‘lov kartalari ma'lumotlari o‘g‘irlangan. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, iyun oyida HEI Hotels & Resorts mehmonxonalar zanjirining to‘lov tizimlarida 2015 yilning mart oyidan faollashtirilgan zarar yetkazuvchi dastur aniqlangan. Bu dastur karta egasining ismi sharifi, uning hisob raqami, karta muddatining tugash vaqti, shuningdek himoya kodlariga doir ma'lumotlarni olishga imkon yaratgan. 

Shu tariqa, Starwood'ning o‘n ikki, Marriott'ning olti, Hyatt'ning bir va InterContinental'ning bir mehmonxonasi xakerlar hujumiga yo‘liqqan. HEI rahbariyati ma'lumotlarning yo‘qolganligi haqida federal xizmatga xabar berdi va yangi to‘lov tizimini o‘rnatdi. 

Top