23:28 / 15.08.2016
6748

Xitoylik ayol qutqaruv nimchasisiz 38 soat dengizda qolib ketdi

Xitoylik sayyoh ayol kruiz layneridan tushib ketgandan keyin ochiq dengizda qutqaruv nimchasisiz 38 soat qolib ketdi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.

Ma'lum qilinishicha, 32 yoshli ayol Janubiy Koreyadan Yaponiyaga ketayotgan Royal Caribbean layneridan Shanxaydan janubdagi suv hududiga tushib ketgan.

Ayolning aytishicha, unga tirik qolishga sport universitetini tamomlagani va yirik kemalar kili qoldiradigan izga tushib qolmaslikka harakat qilgani yordam bergan. Ayol Chjoushan shahri sohillari yaqinida baliq ovlovchi kemachani ko‘rgandan keyin qutqarib olingan.

Mahalliy shifoxonada ayol hattoki laynerdan yiqilganda ham jarohatlar olmagani va faqatgina meduzalar tomonidan chaqilgani aytilgan.

Top