07:28 / 15.08.2016
3979

Kiyevda nikohni bir kun ichida rasmiylashtirishga ruxsat berildi


Ukraina poytaxti Kiyevda nikohni bir kun ichida rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi, deb xabar bermoqda "Interfaks-Ukraina".

Yangi tartib bo‘yicha birinchi juftliklarni nikohdan o‘tkazish tantanali marosimi 14 avgustda Ukraina adliya vaziri Pavel Petrenko ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Vazirning aytishicha, bu xizmatning Mariupol, Severodonetsk va Odessada ishga tushirilishidan keyin 10 kun ichida 200 nafar juftlik nikohdan o‘tgan.

Avvalroq Ukraina hukumati bir kun ichida nikohdan o‘tkazish loyihasini 6 shaharda ishga tushirishni ma'qullagan.

Top