18:33 / 15.08.2016
3535

Klinton shtabi yangi dasturni ishga tushirmoqchi

Foto: © RIA

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton saylovoldi shtabi yangi dasturni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Unga muvofiq, DREAM qonun loyihasini joriy qilish mumkin bo‘lgan noqonuniy muhojirlarning farzandlari saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayonida qatnashadi, deb yozgan Hill nashri.

DREAM qonun loyihasi, 16 yoshgacha bo‘lgan chog‘ida AQShga kirib kelgan va kamida besh yil Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qilgan noqonuniy muhojirlarga nisbatan siyosatni yumshatishni ko‘zda tutadi. Nashrning yozishicha, "Mi Sueño, Tu Voto" ("Mening orzuim, sizning ovozingiz") dasturi 15-avgustdan ishga tushadi. 

"DREAM dasturi qatnashchilari deportatsiyadan xavotirda yashab kelgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash kampaniyamizda muhim o‘rin tutdi. Shu boisdan ham biz bu kabi jarayonni haqiqatga aylantiruvchi dasturni ishlab chiqdik", — deb bayonot bergan Klinton kampaniyasining lotinamerikalik saylovchilar bilan ishlash bo‘yicha milliy direktori Lorella Prayeli (Lorella Praeli).

Top