18:18 / 15.08.2016
3422

Podolski Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlandi

«Galatasaroy» jamoasining germaniyalik hujumchisi Lukas Podolski Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani to‘g‘risida ma'lum qildi.

«Qadrli muxlislar! Yangi mavsum oldidan milliy jamoa murabbiyiga termada o‘ynamasligimni ma'lum qilganimni aytishni xohlayman. Men o‘zimni boshqa ishlarga, oilamga bag‘ishlayman. Terma jamoa mening yuragimda bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, ammo bu yerda mening davrim tugadi», – deb yozadi Podolski ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

31 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safida 2004 yildan buyon o‘yinlarda ishtirok etib keladi. U shu vaqtgacha Germaniya uchun 129 uchrashuv o‘tkazib, 48 gol urgan. Podolski Germaniya terma jamoasi uchun o‘tkazilgan o‘yinlar soni va urilgan gollari ko‘pligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda joylashgan.

Podolski Germaniya terma jamoasi bilan bir marta jahon chempioni bo‘lgan( JCh-2014), 2 marta mundialning kumush medallariga ega chiqqan (JCh-2006 va JCh-2010), Yevropa chempionatida 1 marta bronza medal sovrindori bo‘lgan (Yevro-2012) va bir marta (Yevro-2008) kumush medalni ko‘ksiga taqqan.

Bundan oldinroq, Yevro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlik ortidan terma jamoa faxriylaridan yana biri Bastian Shvaynshtayger terma jamoadan ketishi haqida e'lon qilgandi.

Top