17:25 / 15.08.2016
20096

Prokuratura organlarining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidentining 8 avgustdagi farmoni bilan Bosh prokuratura, Bosh prokuratura qoshidagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurash departamenti, Harbiy prokuratura va Harbiy prokuratura apparatining yangilangan tashkiliy va shtat tuzilmalari tasdiqlandi.

Prokuratura organlari (Harbiy prokuraturadan tashqari) boshqaruv personalining umumiy soni 3937 kishigacha (bungacha 4 754), jumladan Departamentniki 1076 kishigacha (bungacha 1193) qisqartirildi.

Bosh prokuratura tuzilmasida yangi — Bosh prokuror yordamchisi lavozimi paydo bo‘ldi, shuningdek, ikkita yangi bo‘linma shakllantirildi.

Soliq qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha bo‘lim tugatildi.

Bosh prokuraturadagi tergovchi xodimlar soni 199 nafardan 222 nafarga oshgan.

Top