21:59 / 15.08.2016
6308

Turkiya hukumati Shvetsiya tashqi ishlar vazirining bayonoti sababli elchini chaqirtirdi

Foto: © AFP

Turkiya hukumati Shvetsiya tashqi ishlar vazirining Turkiyada go‘yoki "jinsiy aloqaga kirishga rozilik yoshi" qabul qilingani bo‘yicha bergan bayonoti sababli bu davlat elchisini chaqirtirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Vena aeroportidagi axborotlarni ko‘rsatuvchi yuguruvchi qatorda go‘yoki Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalar bilan jinsiy aloqaga kirishga ruxsat berilgani haqidagi axborot ko‘rsatilgan. Bu axborot Turkiya tashqi ishlar vaziri aralashuvidan so‘ng o‘chirib tashlangan. Ta'kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyaning Anqaradagi elchisini chaqirtirgan.     

14 avgustda avval BMTning ixtiloflardagi jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha doimiy vakili, hozirda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Margot Vallstrem tvitterda Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalar bilan jinsiy aloqaga kirishga ruxsat bekor qilinishini yozgandi. 

"Tashqi ishlar vaziri tvitterda yolg‘on xabar va chayqovchilikka asoslangan xabarni qoldirishi bu sharmandalikdir", deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu va Shvetsiya elchisi chaqirtirilganini ma'lum qildi.

Top