10:25 / 16.08.2016
3969

BMT: Yamandagi mojarolar sabab 70ta shifoxona vayron bo‘ldi yoki yo‘q etildi

Foto: AP

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan Yamandagi shifoxonaning aviazarbaga tutilishi masalasini muhokama qildi hamda voqea yuzasidan mustaqil tekshiruv ishlari olib borilishini talab qildi. O‘zining yo‘llagan maktubida Yamandagi mojarolar boshlangandan beri 70ta tibbiyot maskani vayron bo‘lgani yoki batamom yo‘q etilganiga e'tibor qaratdi.

Pan Gi Mun Yamandagi aviazarbalar va davom etayotgan qarama-qarshiliklarga nisbatan o‘z xavotirini bildirgan. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va shifoxonalarga hujum qilish «xalqaro insonparvarlik huquqlarining jiddiy buzish» ekanligini eslatib o‘tgan.
«Hujumning barcha tafsilotlari tezkor, samarali va mustaqil ravishda olib borilishi kerak», - deb ta'kidlagan BMT rahbari. U nizolashayotgan tomonlarni murosaga zudlik bilan kelishga va inqirozni hal etish ishlariga kirishishga chaqirgan.

Top