12:04 / 16.08.2016
22540

Kun fotosi. Bagamalik yuguruvchining oltin sho‘ng‘ishi

Rio-de-Janeyro olimpiadasiga Bagama orollaridan kelgan Shona Miller Olimpiadaning o‘ninchi kunida 400 metr masofaga yugurish bahslarida g‘olib bo‘ldi.

Shona Miller masofa davomida oldinda boradi. Ammo finish arafasida amerikalik raqibi Ellison Feliks uni quvib yetadi va u oxirgi chorani qo‘llaydi - oltin medal uchun o‘zini ayamasdan  "sho‘ng‘ish"ni amalga oshiradi. Natijada u 0,007 soniya farq bilan marraga birinchi bo‘lib yetadi.

Bu masofaga uchinchi bo‘lib yamaykali Sherika Jyekson yetib kelgan.

"Men shu vaqtgacha bunday chora qo‘llashga majbur bo‘lmagandim. Bu harakat tufayli bir necha joyim tirnaldi, kichik jarohatlar oldim. Jonim og‘ridi. Men yerda yotganimda hali birinchi bo‘lganimni bilmasdim. 

O‘shanda boshimda faqat bir fikr aylanardi - men oltin medal olishim kerak. Shunda men o‘zimni oldinga otdim. Bu lahzaning qiyosi yo‘q", degan u o‘zining "oltin sho‘ng‘ishi" haqida.

 

 

 

Top