11:14 / 16.08.2016
5666

LG OLED televizori beshinchi yil ketma-ket EISA mukofotiga sazovor bo‘ldi

LG yana bir bor Yevropa sudyalarida katta taassurot qoldirdi va tasvir sifati, dizayn va smart-interfeysi uchun yuksak baholandi.

SeUL, 2016 yilning 15 avgusti – LG Electronics (LG) kompaniyasining OLED televizori Tasvir va Tovush Yevropa Assotsiatsiyasi (EISA) tomonidan beshinchi yil ketma-ket Yevropadagi eng yaxshi innovatsion televizor, deya tan  olindi. EISA Awards mukofoti har yili 20ta Yevropa mamlakatidan 50ta multimedia jurnali ekspertlar guruhi tomonidan aniqlanadi, ular innovatsion mahsulotlarni texnologik imkoniyatlari, dizayn va yangiligiga qarab baholashadi. 

LG SIGNATURE (65G6 modeli) OLED televizori Yevropa Innovatsiya Televizori nominatsiyasi g‘olibi sifatida mukammal qora rang ifodasi, shuningdek yuqori tasvir sifatidan ta'sirlangan sudyalar tomonidan «haqiqatda yuksak muvaffaqiyat» deb ataldi. Hakamlar hay'ati HDR 10 va DolbyVision™ni qo‘llovchi LG SIGNATURE OLED televizorini yuqori baholashdi. 

«Eng nufuzli EISA mukofotini beshinchi yil ketma-ket qo‘lga kiritish biz uchun katta sharaf va har bir mukofot avvalgisidek qadrli», dedi LG Electronics’ning LG Home Entertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. «Bu e'tirof bizning LG SIGNATURE OLED televizori o‘zining tiniq tasviri va revolyutsion dizayni bilan muhandislik san'atining yuksak muvaffaqiyati ekanligiga doir ishonchimizni tasdiqlaydi».

LG’ning yana bir televizori – LG UH770VSUPER UHDTV  ham o‘zining ajoyib tasvir sifati va WebOS 3.0 intuitiv foydalanuvchi interfeysi uchun e'tirofga sazovor bo‘lib,  European Smart TV mukofotiga munosib, deb topildi. 

LG mobil telefonlar departamenti LG G5 smartfoni uchun European Mobile Innovation nominatsiyasida eng yaxshi qurilma sifatida mukofot oldi.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top