16:41 / 16.08.2016
3160

Shvetsiya janubida mashinalar yoqilishi bilan bog‘liq jinoyat takrorlandi

Shvetsiyaning Malme shahrida 12ta mashina yoqib ketildi, deb yozmoqda Sydsvenskan gazetasi.

"16-avgustga o‘tar kechasi sodir etilgan g‘arazgo‘yliklar tufayli qutqaruv xizmatlari band bo‘ldi", -degan mahalliy politsiya vakilasi Anna Yoransson.

Politsiya shaharda patrullik qilish uchun vertolyotni safarbar etganiga qaramay, bu chora qonunbuzarliklarning oldini olishda yordam bermayapti. 

O‘tgan haftada huquq posbonlari avtomobillarga qasddan o‘t qo‘yishda gumon qilib, yosh yigitni qo‘lga olgan edi. Uning mashinasidan benzin hidi anqigan, yukxonasidan benzin kanistrlari va bolg‘acha topilgan. Gumondor shaxs avval ham portlovchi moddani saqlagani uchun sudlangan bo‘lgan. 

Nashrning yozishicha, yoz mavsumi boshlanganidan beri Malmeda 105ta mashina yonib ketgan.

Top