12:51 / 16.08.2016
6736

Tayvandagi mashg‘ulot vaqtida tank daryoga qulab tushishi oqibatida 4 harbiy halok bo‘ldi

Tayvan orolida o‘tkazilayotgan harbiy-o‘quv mashg‘uloti chog‘ida SM-11 rusumli tank daryoga qulagan va 4 kishi halok bo‘lgan. Harbiy texnika ichida 5 kishi bor edi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, bu voqea Pindun uyezdida ro‘y bergan. Mexanik haydovchi tank ichida omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan, u jarohat ham olmagan.

Ayni vaqtda hodisa yuzasida tekshiruv ishlari boshlangan.

Top