15:49 / 16.08.2016
7380

“O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab kitobi” xalqaro darajaga ko‘tarildi

2016 yilning iyul oyida “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tgach, unga nisbatan qiziqish ortdi va u xalqaro darajaga ko‘tarildi. Ayni damda jahon bo‘ylab kitob sevar insonlar uchun mazkur kitobni “Dont Buks” (DauntBooks) kitob sotish tarmog‘ining istalgan do‘konidan topish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyun kuni Toshkentda «O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab» kollektsion nashri taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Ingliz va rus tillaridagi fotokitob Dinara & Co. nashriyot kompaniyasi tomonidan Murad Buildings developerlik kompaniyasi ko‘magida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatning sayyohlik imkoniyatlariga xalqaro auditoriya diqqatini jalb qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston elchixonasining yozgi qabuli doirasida "O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tgan, unda 130 dan ziyod parlament a'zosi, idoralar va biznes-jamiyatlari  vakillari, madaniyat, san'at arboblari, britaniyalik jurnalistlar ishtirok etgan edi.

Top