15:19 / 16.08.2016
9831

“Vatanparvarlik ruhidagi yangi audio to‘plam”

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi oldidan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi hamda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida “Vatan va xalq mangu qoladi” nomli audio to‘plam tayyorlandi. Mazkur to‘plamda Prezidentimiz Islom Karimovning hikmatli so‘z va iborlari o‘rin olgan. Shuningdek, bir qator taniqli shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi she'rlari ham joy olgan. To‘plam matnlarini Rahimboy Jumaniyoz o‘qigan bo‘lib, Sultonali Rahmatov musiqalaridan foydalanilgan. Audiodiskning ustki qismida Respublika bayrog‘i va gerbi ifodalangan. Dizayn ko‘rinishiga ko‘k, oq, yashil ranglar uyg‘unlashtirilgan bezak berilgan. Orqa qismida Islom Karimovning: “Vatanparvarlik – bu shunday nozik, teran bir tuyg‘uki, u faqat ona suti bilan kirishi va jon bilan chiqishi mumkin” iborasi keltirilgan. To‘plam ma'naviy-ma'rifiy va  ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda erkin foydalanishga mo‘ljallangan.

Top