13:56 / 17.08.2016
21093

Avgust oyining qiymati past valyutasi nomi ma'lum qilindi

Mo‘g‘uliston milliy valyutaga ta'sir o‘tkazgan iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakat pul birligi bo‘lmish tugrik Bloomberg ekspertlari xulosasiga ko‘ra, avgust oyining eng yomon pul birligi sifatida qayd etilgan. Ekspertlar 154 mamlakatning pul birligini muhokamadan o‘tkazishgan. Qiymat bo‘yicha tugrik bir oy ichida boshqa valyutalarga nisbatan 7,8 foiz pasaygan. 

16 avgust holatiga ko‘ra, tugrik 1993 yil pasayish rekordini yangilagan. Uning qiymati bir AQSh dollariga 2,243.50 tugrik to‘g‘ri kelyapti. Yil boshidan beri valyuta qiymati  11 foizga pasaygan.

Mo‘g‘ulistondagi keng ko‘lamli iqtisodiy inqirozga sabab energiya narxlarining tushishi, Xitoydagi iqtisodiy inqiroz, xorij investitsiya ko‘rsatkichining tushib ketishi va mamlakat hukumatining izchillashmagan siyosat olib borishi bilan izohlanmoqda.

Mavzuga oid
Top