18:14 / 17.08.2016
6016

FXX Peterburgda jangarilarni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazdi

Rossiya FXX maxsus topshiriqli kuchlari Sankt-Peterburg shahrining Kirov tumanida Shimoliy Kavkazdagi jangari guruhlarga mansub qurollangan shaxslarga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazdi.

"Fontanka" nashri yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 10:30da guvohlar Lenin shoh ko‘chasi yoqasidagi kvartallardan birini FXXning maxsus topshiriqli xodimlari o‘rab olgan. Mavzedan chiqish ham, unga kirish ham to‘xtatilgan. Hududda otishma ovozlari eshitilgan.

Soat 12:00da maxsus binoning 10 va 11-qavatlariga ko‘tarilib, qo‘lga olish amaliyotiga kirishgan. Granatalar portlagan.

Bu jarayonda maxsus kuchlarning bir xodimi jarohatlangan.

Ma'lum qilinishicha, bu amaliyot Qabardin-Bolqor respublikasi maxsus xizmatlaridan olingan ma'lumot asosida o‘tkazilgan.

Soat 12:41da maxsus amaliyot yakunlangan.

RIA "Novosti" agentligining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, amaliyot vaqtida 2 jangari o‘ldirilib, yana 2 jangari qo‘lga olingan.

Hududni o‘rab olgan harbiylar qaytarilgan va mavze aholisi pasport asosida uylarga kiritilishi boshlangan.

Mavzuga oid
Top