13:49 / 17.08.2016
5109

Hindistonda qo‘lbola mast qiluvchi ichimlik insonlar hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning Bihar shtatida qo‘lbola mast qiluvchi ichimlikni iste'mol qilish natijasida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda India Blooms.

Ta'kidlanishicha, hodisa Gopalganj tumanida yuz bergan. 18 nafarga yaqin kishi uy sharoitida tayyorlangan mast qiluvchi ichimlikdan iste'mol qilishgach, ularning aksariyati qorin sohasida og‘riq sezib, qayt qilgan. 

5 kishi 16-avgust kuni kechqurun zaharlanishdan vafot etgan, yana besh nafari 17-avgustga o‘tar kechasi shifoxonaga olib kelingan vaqtda hayot bilan vidolashgan. 

Mahalliy hukumat o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov guruhini tashkil etib, qo‘lbola ichimlik borasidagi taxminni inkor etmoqda. 

Shu yilning aprel oyidan shtatda mast qiluvchi ichimlik savdosi va iste'moli taqiqlangan. 
 

Top