18:01 / 17.08.2016
6990

KXDRning yuqori lavozimli diplomati Janubiy Koreyaga qochdi

KXDRning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘rinbosari Tai Yon Xo oilasi bilan Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Bu Shimoliy Koreya tarixida mamlakatdan qochgan eng yuqori lavozimli diplomat hisoblanadi.
 
Janubiy Koreya birlashuv vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, diplomat KXDR ichidagi siyosatdan noroziligi va farzadining kelajagi uchun qayg‘urgani sabab shunday qaror qabul qilgan. 

Ammo, vazirlik vakili uning uchib kelish vaqti, yo‘nalishiga oid tafsilotlarni oshkor qilmagan. 

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, endilikda Tai Yon Xo va uning oilasi Koreya respublikasi himoya ostidadir. Hozirda, uning mamlakatda istiqomat qilishi uchun zarur bo‘lgan barcha huquqiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. 

Avvalroq, Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo nashri, Tai Yon Xo oilasi bilan uchinchi mamlakatga qochib ketgani haqida yozgan, ammo qaysi davlat ekanligiga oydinlik kiritmagan edi. 

Mavzuga oid
Top