19:54 / 17.08.2016
4663

MAR prezidenti: mamlakat hozircha o‘z tabiiy zaxiralaridan mustaqil foydalana olmaydi

Foto: hdptcar

Markaziy Afrika Respublikasining yangi prezidenti Fosten-Arkanj Tuadera mamlakat beqaror vaziyat va zarur texnologiyalar mavjud bo‘lmagan joriy sharoitlarda o‘z tabiiy zaxiralaridan mustaqil foydalana olmasligini aytdi.

"MAR tabiiy zaxiralarga haqiqatan juda boy davlat, bizda bugungi kunda bu zaxiralardan foydalanish imkoniyati yo‘q. Bizda bu zaxiralardan foydalanish yoki ularni mamlakatni rivojlantirish uchun boylikka aylantirish uchun na texnologiyalar, na moliyaviy vositalar mavjud. Bunga asosiy to‘siqlardan biri – rivojlanish uchun zaxiralarni safarbar qilishga imkon bermaydigan mamlakatdagi beqarorsizlikdir", deb aytdi Tuadera OAVga bergan intervyusida.     

U hech qanday davlat boy zaxiralariga qaramasdan, faqatgina ularning evazigagina mavjud bo‘la olmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Tuadera mamlakatda tinchlik va yaxshi hamkorlar bo‘lgan taqdirda, MAR hukumati mamlakat rivojlanishini ta'minlay olishlariga umid bildirdi.

Mavzuga oid
Top