11:50 / 17.08.2016
23830

Namanganda «Mustaqillik sayohati» bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta'minlash, «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» degan ezgu g‘oya asosida viloyatimizdagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari qalbida Vatanga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, istiqlol yillarida erishilgan shonli yutuqlarimizning mazmun - mohiyatini keng tushintirish ishlari olib borilmoqda. Shu maqsadida «Namangan yoshlar markazi» tashabbusi bilan Viloyat hokimining chora -tadbirlar rejasiga asosan, shahar tuman hokimliklari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi, «Mahalla» xayriya jamoyat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi, O‘zbekiston MK «Vatanparvar» tashkiloti viloyat Kengashi va bir qator tashkilotlar, OAV vakillari ishtirokida joriy yil 16 avgust kuni Namangan shahrining diqqatga sazovor hududlari bo‘ylab «Mustaqillik sayohati» loyihasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Loyiha ishtirokchilari viloyatimiz yoshlarining sevimli maskaniga aylangan «Namangan yoshlar markazi»da tantanali ravishda kutib olindi.

Shundan so‘ng yurtimizda ishlab chiqarilgan 25 ta “Captiva” rusumli zamonaviy avtomobillarda sayohat boshlandi.

Loyiha doirasida istiqlol yillarida bunyod etilgan mahobatli inshootlar hamda ularda yoshlarning chinakam barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari uchun yaritlgan qulay shart-sharoitlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida “Navbahor” markaziy o‘yingohi, «Kichkintoylar bog‘i» hamda viloyat O‘lkashunoslik muzeylariga avtosayohat tashkil etildi.

Ishtirokchilarni madaniy hordiq chiqarishlari uchun sayohat yakunida «Namangan yoshlar markazi» katta zalida viloyatimizning iste'dodli san'atkorlari tomonidan Vatanimizni madh etgan kuy-qo‘shiqlar, bayramona sho‘x taronalar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar tomonidan zavqli raqslar va guldiros olqishlar bilan qabul qilindi. Faol ishtirokchilar tantanali ravishda tashkilotchilar tomonidan joriy etilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Loyihaga jalb etilgan 100 nafardan ortiq yoshlarning qalbida yorqin taasurotlar va zavqli lahzalarni muhrlay olgan «Mustaqillik sayohati» ana shunday yuqori saviyada o‘z nihoyasiga etdi.

Namangandan
Humoyunmirzo Abdullayev,
Xojiakbar Pattayev

Top