09:30 / 18.08.2016
9396

Rio-2016. Futbol bo‘yicha musobaqalarda ikkinchi finalchi ma'lum bo‘ldi

Germaniya olimpiyachilari Rio-2016 olimpiadasining futbol bo‘yicha musobaqalari yarim finalida Nigeriya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Uchrashuv Yevropa vakillarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin boshida Lukas Klosterman hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Nils Petersen ikkinchi golni urdi.

Finalda Braziliya va Germaniya terma jamoalari bellashadi.

Nigeriya — Germaniya — 0:2
Gollar: Klosterman, 9 (0:1); Petersen, 89 (0:2).
Ogohlantirishlar: Udo, 19 — Gnabri, 4; Bender, 77; Ginter, 80.

Mavzuga oid
Top