18:42 / 18.08.2016
16957

Video: Rossiya Su-34 va Tu-22M3 samolyotlari orqali Suriyadagi IShID bazalariga zarba berdi

Rossiyaning Tu-22M3 va Su-34 bombardimonchi samolyotlarining Deyr-ez-Zordagi IShID terrorchilik guruhi marralariga aviabomba yog‘dirgani videosi Rossiya mudofaa vazirligining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Aviazarbalar natijasida terrorchilarning qurol-yarog‘, o‘q-dori va yoqilg‘i materiallari saqlanadigan beshta ombori, oltita qo‘mondonlik punkti, ko‘p miqdorda jangarilar, artilleriya pozitsiyalari va zirxli mashinalari yo‘q qilingan.

Samolyotlar Xmeymdagi aviabazadan havoga ko‘tarilgan. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan parvozlardan so‘ng, barcha samolyotlar bazaga qaytgan.

 

Top