21:08 / 18.08.2016
8204

Turkiya TIV: YeI Anqara bilan kelishuvlarga rioya qilmayapti

Foto: © Sputnik

Yevropalik siyosatchilar, populistchilarning ta'siriga tushib, Anqara bilan kelishuvlarni to‘liq bajara olmayotganiga qaramay, Anqarani shantaj qilishda ayblamoqda, deb bayonot bergan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li. 

"Ular (Yevropa partiyalari) radikal millatchi kayfiyatdagi harakatlar bilan yaqinlashish tendensiyasini namoyish etishmoqda. Aslida, populizm sabab o‘zlari imzolagan kelishuv shartlarini bajara olishmaydi va va'dalarida turishmaydi. Ular, istar-istamas shunday siyosat yuritishga majbur", — degan Chavusho‘g‘li. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Anqara YeIni "o‘zaro ikki tomonlama imzolangan kelishuvlarning barcha bandlari va shartlariga so‘zsiz amal qilishga chaqiradi".

"Kelishuvlarning bandlarini tanlab olish mumkin emas. Yo hammasiga amal qilish lozim, yoki umuman rad etish kerak. Bizning bunday talabimizga nisbatan bizni shantaj qilish va qo‘rqitishda ayblashadi. Yo‘q, biz hech kimni ayblamayapmiz. Ammo, bu kelishuvlar nima uchun imzolandi? Ularni bajarish uchun. Aks holda, nima uchun ular imzolandi? Ular bunga o‘rganishmagani uchun ham norozi bo‘lishmoqda", — deb qo‘shimcha qilgan Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari. 


 

Top