07:47 / 19.08.2016
6622

AQSh Davlat departamenti o‘z fuqarolarini ozod qilish uchun Eronga 400 mln dollar to‘langanini tan oldi

Foto: © AFP

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi matbuot-anjumanida Tehronga AQSh tomonidan naqd pul ko‘rinishida to‘langan 400 mln dollar hamda Eron va AQSh fuqaroliklariga ega bo‘lgan 4 nafar mahbusning ozod qilinishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini tan oldi.. "Biz 400 mln dollarni mahbuslar ozod etilmaguncha to‘lamaganmiz", deb aytgan Kirbi. Shu tariqa, AQSh ma'muriyati bu pullardan amerikaliklarni ozod qilish uchun foydalanganini birinchi marta rasman tan oldi. Kirbining aytishicha, AQShda Eron mahbuslar bilan almashishdan bosh tortishi mumkinligidan xavotir bo‘lgan.

Avgust boshida The Wall Street Journal nashri Vashington Eron tomonidan 7 nafar eronlikni ozod qilish uchun Tehronga 400 mln dollar pul to‘laganini ma'lum qilgandi. Biroq AQSh prezidenti Barak Obama bu pullar Tehron o‘tgan asrda harbiy texnika sotib olish uchun AQShga to‘lagan pullar ekanligini aytgan.

Top