19:40 / 19.08.2016
13159

Alisher Usmonov qilichbozlik bo‘yicha Rossiya terma jamoasini mehmonga taklif qildi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov qilichbozlik bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zolarini Italiyadagi uyida mehmon bo‘lishga taklif qildi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Ilgar Mamedov ma'lum qildi. 

"Avgust oxiriga Usmonov terma jamoamizni uyiga mehmonga taklif qildi. 27 avgustda biz Usmonovning uyiga uchamiz, 3 sentabrgacha terma jamoamiz vakillari oilalari bilan unikida mehmon bo‘ladilar", deb aytdi Mamedov. Rossiya qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmatida olimpiyachi qilichbozlar Italiyada bir hafta o‘tkazishlarini ma'lum qildi. 

Riodagi Olimpiadada rossiyalik qilichbozlar 7 ta medal qo‘lga kiritdilar, ulardan 4 tasi oltin, bittasi kumush va ikkitasi bronza medal bo‘ldi. Terma jamoa murabbiylar bilan qo‘shib hisoblaganda 20 nafardan ko‘proq odamni tashkil qiladi. Usmonovning o‘zi ham qilichbozlik bilan shug‘ullangan, bu sport turi bo‘yicha sport ustasi. 1970-yillarda O‘zbekiston terma jamoasi safida shamshirchi bo‘lgan. FIE’ga 2008 yildan prezidentlik qiladi.

Top