14:51 / 19.08.2016
18294

CNN boshlovchisi Umran Daqnash haqidagi xabarni o‘qib berish vaqtida yig‘lab yuborgudek bo‘ldi

CNN Keyt Bolduin yangiliklar efiri vaqtida aviazarbadan keyingi xarobalar ostidan chiqarib olingan suriyalik 5 yoshli bolakay Umran Daqnash haqidagi xabarni o‘qish vaqtida yig‘lamoqdan beri bo‘ldi.

Bolakay bombardimon qilingan hududdagi uylardan biridan qonga belangan ahvolda olib chiqilgan va tez tibbiy yordam mashinasiga keltirilgan. Uni shu yerda muxbirlar videoga olishgan.

Bolduin butun dunyo bo‘ylab uning yoshidagi bolalar maktabga chiqishni kutishayotgan vaqtda u jon saqlab qolishga urinayotganini ayta turib, nafasi bo‘g‘ziga tiqiladi va quyilib kelgan ko‘z yoshlarini tiyish uchun bir muddat to‘xtaydi. Chuqur nafas olganidan keyin u bo‘g‘ilgan ovozi bilan gapirishda davom etadi.

"Biz ularga kim zarba yo‘llaganini bilmaymiz. Ularning uyi vayron bo‘lgan. Oila boshliqlarining taqdiri noma'lum", deya davom qilgan u.

Shundan keyin boshlovchi yana to‘xtaydi va reportajni shu so‘zlar bilan tugallaydi: «Bu Umran. U tirik. Biz shunchaki buni bilishingizni istadik».

Nashrlar Umranning qismati orqali Suriyadagi urushni qoralashmoqda.

Uning The Telegraph muxbiri Rafael Sanches tomonidan tushirilgan surati internet bo‘ylab tarqalmoqda.

Top