18:47 / 19.08.2016
6390

OAV: Kim Chen In umummilliy veloyo‘laklar tarmog‘ini barpo etishga ko‘rsatma berdi

Foto: © RIA

KXDR raisi Kim Chen In mamlakatda velosipedchilar uchun maxsus yo‘llar tarmog‘ini barpo etishga ko‘rsatma bergan. Bu haqda, "Ozod Osiyo radiosi" shimoliy koreyalik manbasiga tayangan holda xabar qilgan. 

Aytish joizki, Pxenyanda velosipedlar uchun maxsus yo‘laklar 2015-yilda paydo bo‘lgan edi. Ularning eni bir metrga yaqin bo‘lib, piyodalar trotuarlari yonida sariq plitalar yotqizilib, barpo etilgan. 

KXDRda velosipedlar eng mashhur transport vositasidir. U, jamoat va yengil transport vositalari o‘rnini egallamoqda. 

Shimoliy Koreya 2014-yili birinchi marta xitoylik velosayyohlarga chegaralarini ochgan edi. 


 

Mavzuga oid
Top