18:52 / 19.08.2016
5616

Poroshenko: YeI bilan vizasiz tartibga "sanoqli kunlar" qoldi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning yana bir bor bayonot berishicha, YeI ukrainaliklar uchun vizasiz tartibni yaqin orada joriy qiladi. 

"YeI yaqin orada shunday qaror qabul qilishiga va birlashgan Yevropa ukrainaliklar uchun vizasiz eshiklarini ochishi uchun bir necha hafta qolganiga ishonchim komil", - degan Poroshenko Xarkovga amaliy safari chog‘ida.

Bundan tashqari,  u Ukraina "mamlakatda islohotlarni davom ettirishi uchun YeIning kuchli moliyaviy yordamini olishi"ga ham ishonch bildirgan.


 

Mavzuga oid
Top