19:13 / 19.08.2016
9934

Rio-2016, erkin kurash. Bekzod Abdurahmonov ilk bosqichda rossiyalik raqibidan yengildi

O‘zbekistonlik kurashchi Bekzod Abdurahmonov ilk bosqichda imkoniyatni boy berdi. 74 kg vazndagi bu sportchi qur'aga ko‘ra rossiyalik tajribali sportchi Aniuar Geduyevga qarshi gilamga chiqdi. 

Rossiyalik kurashchi o‘z mahoratini namoyish qilgan holda 10:5 hisobida g‘alaba qozondi. Geduyev finalga chiqadigan bo‘lsa, Abdurahmonov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Top