07:59 / 19.08.2016
11414

Rio-2016: Useyn Bolt – 8 karra Olimpiya chempioni

Yamaykalik mashhur sprinter Useyn Bolt Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada 200 metrga yugurish musobaqasi finalida g‘olib bo‘lib, 8 karra Olimpiya chempioni bo‘ldi. U masofani 19,78 soniyada yugurib o‘tdi. 

Kumush medal kanadalik Andre de Grassega (20,02 soniya), bronza medal esa fransuz Kristof Lemetrga (20,12 soniya) nasib etdi.

Bolt Riodagi Olimpiadada ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. U avvalroq, o‘zi istagandek, o‘ziga tegishli jahon rekordini yangilay olmagan bo‘lsa-da, 100 metrga yugurishda chempion bo‘lgandi.

 

Mavzuga oid
Top