19:14 / 19.08.2016
12573

Jan Klod Van Damm ishtirokidagi «Jan-Klod Van Jonson» serialining treyleri yaratildi

Jan Klod Van Damm ishtirokidagi «Jan-Klod Van Jonson» serialining birinchi treyleri yaratildi. Bu haqida ScreenCrush ma'lum qildi. Bu loyiha Amazon kompaniyasiga taalluqli. Ilk seriya premerasi 19 avgust kuni bo‘lib o‘tishi aytilgan.  

Bosh qahramon - kinematografiya tarixidagi eng mashhur aktyorlardan biri, jang san'ati ustasi va qotil. 

"Dunyoning yomon yigitlari baxtiga - u ko‘p yillardan beri nafaqada... Yo‘qotilgan sevgilisi bilan tasodifiy uchrashuv esa uni o‘yinga qaytaradi... Bu safar uning halokatga uchrashi ehtimoli har qachongidan ko‘proq bo‘ladi...", - deyiladi serialga berilgan ta'rifda. 

Ijrochi prodyuserlardan biri - Jan Klod Van Damm. 

Serialning to‘laqonli mavsumi olinadimi yoki yo‘q - barcha Amazon loyihalari kabi teletomoshabinlarning ovoz berishiga bog‘liq. 

 

Top