08:40 / 20.08.2016
13981

AQSh samolyotlari Suriya samolyotlarini orqaga qaytishga majbur qildi


Suriyaning Al-Hasaki shahri yaqinida AQShning 5 avloddagi F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari Suriya qiruvchi samolyotlarini uchratib, ularni hududni tark etishga majbur qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Ma'lum qilinishicha, Suriya harbiy samolyotlari hududda hech qanday harbiy operatsiyalar o‘tkazmagan. Ular faqatgina shahar ustidagi havo hududini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.   

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh va Suriya samolyotlari bir-biridan 1,6 km uzoqlikda bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, hech qanday ko‘ngilsiz voqea yuz bermagan.

 

Mavzuga oid
Top