01:24 / 21.08.2016
5940

Afg‘oniston janubida 27 jangari yo‘q qilindi

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya va aviazarbalar natijasida "Tolibon" harakatining kamida 27 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari jangarilarga qarshi operatsiyani 19 avgust kechki vaqt o‘tkazgan. 

Ma'lum qilinishicha, operatsiyada huquq-tartibot muassasalarining 3 nafar xodimi halok bo‘lgan.

Top