16:17 / 21.08.2016
8234

Mourino: «2-3 yil oldingi «MYu» bilan hozirgisi orasida katta farq bor»

Joze Mourino «Manchester Yunayted»ning APLdagi starti borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ylaymanki boshqalar ham ikki-uch yil oldingi «MYu» bilan hozirgisi orasidagi katta farqni ko‘rib turibdi. Jamoa o‘z o‘yinini yaxshilab kuchayishda davom etmoqda. Bu muxlislarning munosabatida ham ko‘rinmoqda. Demak, bizda hozir hammasi joyida.

Albatta, biz kelgusida ochko yo‘qotishdan saqlana olmaymiz. Biroq bu ish keyinroq amalga oshgani yaxshi. Mavsum avvalida ochko yo‘qotadigan bo‘lsang, boshqalarni quvish bilan band bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda esa o‘yinimizni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Hozircha uni ideal darajada deb ayta olmayman, lekin umid qilamanki keyinchalik shunday bo‘ladi», deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan The Mirror nashri.

«MYu» o‘tgan 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘ardi. Avvaliga «Bornmut» 2:1 hisobida, keyinroq «Sauthempton» 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi.

Manba: Tribuna.uz

Top