01:07 / 21.08.2016
11659

Olimpiya shaharchasidagi taniqli oshpazlar muhtojlarni to‘ydirish uchun kuniga 5000ta taom tayyorlamoqda

Rio-de-Janeyroda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari vaqtida shaharning kam ta'minlangan oilalari mutlaqo bepul taomlar yeyishi mumkin bo‘lgan restoran ochildi. Bu yerda dunyoning eng yaxshi oshpazlari mazali taomlar tayyorlashadi.

Olimpiya shaharchasi restorani uchun sotib olingan mahsulotlar soni juda ham ko‘pligi ma'lum bo‘ladi. 

Braziliyalik bosh-oshpaz Devid Gerts va uning italiyalik hamkasbi Massimo Bottura bu haqida bilgach, ularni Rioning kam ta'minlangan insonlarini to‘ydirish uchun sarflashga qaror qilishdi. 

Shunday qilib, yordamga muhtoj insonlar bepul ovqatlanadigan restoran qurishga qaror qilishdi. 

Gerts va Bottura jamoasiga yer sharining turli burchagidan 45 nafar bosh-oshpaz kelib qo‘shildi va Refettorio Gastromotiva loyihasi o‘z ishini muvaffaqiyatli boshladi. 

«Biz isrofgarchilikka qarshi chiqamiz, ochlik bilan kurashamiz va insonlarga yetarlicha ovqatlanishi uchun imkon yaratamiz», — deydi Devid Gerts.

 

Olimpiya o‘yinlari tamom bo‘lgach, restoran «o‘z tushliging uchun haq to‘la va muhtojlarga bepul kechki ovqat sovg‘a qil» tamoyili ostida ishlaydi.

Fikrimizcha, bunday tashabbuslar — hayotdagi ko‘plab muammolarni birgalikdagi harakatlar bilan bartaraf etadigan jamiyat yaratishga ajoyib imkoniyatdir. 

Top