Pokiston qurolli kuchlari Afg'oniston bilan chegara yaqinida "Tolibon" jangarilariga qarshi amaliyotlar o'tkazishga kirishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

Quruqlikdagi qo'shinlarni havodan HHK samolyotlari qo'llab-quvvatlab bormoqda. Asosiy janglar Rajgal vodiysida, Asirlar yeri deb ataluvchi hududda bo'lib o'tmoqda.

Avvaliga Xaybardagi to'qnashuvlar vaqtida 15 jangari yo'q qilingani haqida xabar bergandi, keyinchalik bu raqam 31taga yetgan.

Reuters agentligining qayd etishicha, aniq sonlarni bilishning imkoni yo'q, hududga kirish yo'llari yopib qo'yilgan.

Islomoboddagilarning fikricha, bu hujum "Tolibon"ning Pokistondagi bo'limini butunlay yo'q qilish bilan yakunlanadi. Bundan avvalroq pokistonlik harbiylar "Zarb-e-Azb", "Xaybar-1" va "Xaybar-2" nomli amaliyotlar ham o'tkazilgandi. Bu amaliyotlar orqali yo'q qilingan jangarilarning umumiy soni 2,7 ming nafardan ortgan.

Pokistondagi "Tolibon" - 2007 yilda tashkil qilingan terroristik tashkilot bo'lib, bu tashkilot jangarilari 2014 yilning 14 dekabrida Peshavordagi maktabga qilingan va 145 kishining o'limiga (asosan maktab o'quvchilari) hujumdan keyin hukumat ta`qibiga uchradi.