19:47 / 23.08.2016
18851

Bill Geytsning boyligi rekord ko‘rsatkichga yetdi

Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geytsning sof aktivlari qiymati rekord ko‘rsatkichga yetib, 90 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu AQSh YaIMning taxminan 0,5 foiziga tengdir, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Dunyoning eng badavlat fuqarosi Geytsning boyligi o‘tgan hafta juma kuni, 19-avgust kuni 90 mlrd dollarga yetgan. Bunga Canada National Railway Company va Ecolab Inc. kompaniyalarining kotirovkalari o‘sgani ham ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Milliarder ushbu kompaniyalarda o‘z hissasiga ega. 

Shunday qilib, Geyts badavlat insonlar ro‘yxatida o‘zining eng yaqin ta'qibchisi bo‘lmish ispan tadbirkori Amansio Ortegadan 13,5 mlrd boyroqdir. Ortega, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda, deb xabar qilmoqda Bloomberg Billionaires Index.

Microsoft asoschisi Forbes jurnali talqini bo‘yicha ham eng boy inson deb topilgan edi. 

Top