19:09 / 23.08.2016
5498

Fransiyaga kelayotgan sayyohlar oqimi kamayib ketdi

Yil boshidan beri Fransiyaga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimi 7 foizga tushib ketdi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Jan-Mark Eyro ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar nafaqat teraktlar sabab, balki mamlakatda tez-tez uchrayotgan suv toshqinlari va ish tashlashlar sabab kelishni to‘xtatishgan. Uning aytishicha, sayyohlar oqimining kesin tushib ketish holati Parij shahrida kuzatilgan.

Eyro yaqin vaqt ichida sayyohlik masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
 

 

Top