00:06 / 23.08.2016
17566

Po‘lat ishlab chiqaruvchi yetakchi 10 ta davlat nomi ma'lum qilindi

2016 yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra dunyoda po‘lat ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar o‘ntaligi ma'lum qilindi. Bu haqda Butunjahon po‘lat ishlab chiqaruvchilari uyushmasiga (Worldsteel) iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Bu borada yetakchi o‘rinlarni Xitoy (66,807 mln tonna, 2,6 foizga o‘sish), Yaponiya (8,886 mln tonna, 0,5 foizga o‘sish), Hindiston (8,082 mln tonna, 8,1 foizga o‘sish), AQSh (6,877 mln tonna, 2,2 foizga pasayish), Rossiya (6,131 mln tonna, 0,9 foizga o‘sish) kabi davlatlar saqlab qoldi. Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek, Janubiy Koreya (6,009 mln tonna, 1,5 foizga o‘sish), Germaniya (3,393 mln tonna, 6,1 foizga pasayish), Braziliya (2,705 mln tonna, 6 foizga pasayish), Turkiya (2,661 mln tonna, 6,5 foizga o‘sish) va Ukraina (2,065, 10,5 foizga o‘sish) kiritilgan.

Umumiy hisobda 66 ta davlat iyul oyida 133,742 mln tonna po‘lat ishlab chiqargan, bu esa o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 1,4 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.

2016 yilning dastlabki 7 oyi natijalariga ko‘ra yetakchi o‘ntalik quyidagi ko‘rinish olgan: Xitoy (466,516 mln tonna, 0,5 foizga pasayish), Yaponiya (60,935 mln tonna, 0,8 foizga pasayish), Hindiston (54,958 mln tonna, 4,8 foizga o‘sish), AQSh (46,932 mln tonna, 0,2 foizga pasayish), Rossiya (41,398 mln tonna, 0,8 foizga pasayish), Janubiy Koreya (39,368 mln tonna, 2,7 foizga pasayish), Germaniya (25,252 mln tonna, 2 foizga pasayish), Turkiya (19,152 mln tonna, 3,6 foizga o‘sish), Braziliya (17,572 mln tonna, 12 foizga pasayish) va Ukraina (14,477 mln tonna, 10,3 foizga o‘sish).

 

Mavzuga oid
Top