10:43 / 23.08.2016
21944

Shimoliy Koreya O‘zbekistondagi elchixonasini yopdi

Shimoliy Koreya MDH hududida o‘z missiyalarini qayta ko‘rib chiqish doirasida O‘zbekistondagi elchixonasini yopdi. Bu haqda "Yonhap" agentligi Toshkentdagi diplomatik manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi Shimoliy Koreya elchixonasini yopish qarori bir oy oldin qabul qilingan, bu qaror sabablari noma'lumligicha qolmoqda.

Shunday qilib, hozirda MDH davlatlari hududida Shimoliy Koreya diplomatik vakolatxonalari faqatgina Rossiya hududida faoliyat yuritmoqda: Moskvada elchixona, Sankt-Peterburgda bosh konsulxona va Xabarovskda konsulxona.

Ma'lumot uchun, Shimoliy Koreya 1998 yilda Qozog‘istondagi elchisini ortga chaqirib olgandi.

Top