14:04 / 23.08.2016
5724

Suriyaning Halab shahri Al-Kvaterji mavzesiga berilgan zarbani hech kim zimmasiga olmayapti

Rasmiy Damashq Halabning Al-Kvaterji tumaniga berilgan havo zarbalariga aloqador emas, deb bayonot bergan Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariy.

"Men XKning hurmatli a'zolari e'tiboriga shuni ma'lum qilmoqchimanki, Kvaterji tumanini bombardimon qilishda bizn ayblayotganini rad etamiz", — degan Ja'fariy BMT XK yig‘ilishida. 

Diplomatning qayd etishicha, rasmiy Moskva ham ayblovni rad etganiga ko‘ra, "jinoyatchilar yana qayerdadir bo‘lishi kerak".

Avvalroq, OAVda "Halab tibbiy markazi"ning besh yoshli Omran Daknishni qutqarishiga oid videolavhalar paydo bo‘lgandi. Uning shahar sharqidagi uyi bombardimonlar oqibatida vayron bo‘lgandi. 

Bolaning taqdiri Halabdagi bolalarning fojiali holatining timsoli bo‘ldi. Jurnalistlar, tibbiy markaz xodimlariga tayangan holda, raketa zarbalarini 17-avgust kuni Rossiya harbiy kosmik kuchlari berganini ta'kidlashgan. 

Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov o‘z navbatida bu xabarni rad etgan. Generalning uqdirishicha, Al-Kvaterji tinch aholi vakillarini ko‘chirish bo‘yicha gumanitar amaliyotlar uchun tashkil etilgan ikkita yo‘lakka tutashdir. Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik uchuvchilar hech qachon aholi punktlari chegaralarida joylashgan hududlarga zarba bermaydi. 
 

Top