15:09 / 24.08.2016
4901

AQShning Florida shtatida Zika virusini yuqtirganlar soni ortib bormoqda

So‘nggi kunlarda, Florida shtati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq beshta holatni aniqlagan. Ulardan biri, Pinellas okrugida qayd etilgan. Shu paytgacha bu yerda, mazkur yuqumli kasallik bilan xastalangan bemor ro‘yxatga olinmagan edi. Yana 4 nafari Mayami-Deyd okrugi Vinvud aholi punkti fuqarosidir, deya ma'lum qilgan Florida shtati gubernatori Rik Skott.

Umuman, gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shtat hududida Zika virusini yuqtirganlar soni 42 nafarga yetgan. Uning aytishicha, kasallik tarqalish hududi unchalik ham katta emas. Yuqumli kasallik asosan, Vinvud va Mayami-Bich hududida kuzatilmoqda. 

Ayni chog‘da, shtatda Zika virusining tarqalishiga sabab bo‘luvchi chivinlar va ularning lichinkalarini yo‘qotish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda pestitsidlar va maxsus ovlash uskunalaridan foydalanilmoqda. Bundan tashqari, mahalliy hukumat aholini chivinlarni tarqatuvchi mahsulotlar bilan bepul ta'minlamoqda.

Top